Ask Anything

233번 게시글
Zilola
Writer : CLWHivf     Date : 2013-11-16     Clicks : 9297
Assalomu aleykum Zilola va Rustam! Sizlarning hatlaringiz bilan tanishib chiqdim. Azoospermiya - bu erkaklar bepushtligining og`ir turi bo`lib, bunda urug` suyuqligida spermatozoidlar umuman bo`lmaydi, yoki judayam oz miqdorda bo`ladi. Azoospermiya 2 hil bo`ladi: obstruktiv va sekretor. Obstruktiv azoospermiyada urug`lar chiquvchi yo`llarning o`tkazuvchanligi buzilishi sababli, moyaklardan spermatozoidlar jinsiy olatgacha etib kelolmaydi. Sekretor azoospermiyada esa, moyaklarda spermatozoidlarning ishlab chiqarilish faoliyati buzilganligi tufayli, spermatozoidlar ishlab chiqarilmaydi. Hozirgi paytda spematozoidlarni hirurgik yo`l bilan, moyaklarni punkciya qiliw orqali olishga erishilmoqda. Bu hirurgik muolajani TESE deb ataladi. Bunda moyakdan kichkinagina to`qima punkciya yoli bilan olinib, mikroskop ostida tekwiriladi va topilgan spermatozoidlar bilan sun`iy urug`lantirish ICSI usuli orqali o`tkaziladi. Sekretor azoospermiyada o`zining urug`idan farzandlik bo`lish imkoniyati judayam kam miqdorda. Moyak to`qimasida spermatozoidlar topilmagan holatlarda, donor (boshqa birovning) spermatozoidlaridan foydalanishga to`g`ri keladi. Obstruktib turida ЭКОning ICSI usuli qo`llanilib, turmush o`rtog`ining spermatozoidlaridan homilador bo`lishi mumkin. Men sizlarga bizning klinikamizga kelib, turmush o`rtog`ingizda TESE jarrohlik muolajasi o`tkazib ko`rishinglarni maslahat beraman. Shundan keyingna, turmush o`rtog`ingizning moyak to`qimasini tekshrib ko`rgach,ЭКОning qaysi usulini qo`llab sun`iy urug`lantirish o`tkazishimizni aytaman. ЭКОga tayyolanish uchun O`zbekistondagi hamkorlarimiz ginekolog wifokorlari Malikova Gulsanam Bahodirovna va Bahodirova Shahnoza Fayzullaevnalarga murojaat qilsangizlar sizlarni tayyorlab, bizning klinikamizga yuboradilar. Men sizlarga qolimdan kelgan barcha yordamni berishga tayyorman.Sizlarga orzularingiz amalga oshishida omad tilayman! Hurmat bilan, professor Choy.
233번 게시글의 이전글, 다음글
Prev. Adolat Adolat
Next. lkhagvaa lkhagvaa
Top이동