Assalomu aleykum, Maktuba va Nodir! Davolovchi shifokoringizning barcha aytganlari to`g`ri. Xlamidioz - xozirda juda keng tarqalgan infekciyalardan biri bo`lib, jinsiy aloqa orqali yuqadi. Bu infeksiyaning davolashning qiyinchiligi shundan iboratki, bir vaqtning o,zida bakteriya va virus xususiyatlariga ega bo,lib, xujayraning ichida va tashqarisida murakkab rivojlanish cikliga ega. Xlamidiy infekciyasi o`zining hayot faoliyati davomida ho`jainning organizmidagi xujayralarga kirib olib xujayrani emirib tashlaydi va yallig`lanishni chaqiradi. Buning oqibatida chandiqlanishlar kelib chiqadi va immun sistemasi zaiflashadi. Xlamidiylar xujayra ichida ko`payish hususiyatiga ega bo`lganligi sababli, davolangandan keyn organizmdan to`liq chiqib ketmaydi.
Xlamidioz bilan og`rigandan so`ng bepushtlik, homilaning erta tushishi, homilaning ona qornida xlamidioz bilan zararlanishi kabi asoratlar kelib chiqadi. Shunday ekan, EKOda yahshi natijaga erishish uchun ham ta`siri bor. Sog`lom ayolga qaraganda, xlamidioz bilan og`rigan ayolda EKOda yahshi natijaga erishishda qiyinchiliklar paydo bo`ladi. Bachadonga yuborilgan embrionning transplantasiyalangandan so`ng, ilk bosqichlarida tushib ketish havfi yuqori. Shunga qaramasdan mening ish faoliyatimda xlamidioz bilan og`rigan bemorlarning ko`pchiligi EKO procedurasi yordamida farzandli bo`lishgan.
Men sizlarga omad tilayman. Xayr. Hurmat va ehtirom bilan, professor Choy.
|