Ask Anything

253번 게시글
Embrionlar bachadonga yuborilgandan keyin yaxshi natijaga erishish uchun nimalardan saqlanish n kerak?
Writer : Professor Choy.     Date : 2013-11-29     Clicks : 16809
> > > Аssalomu aleukum Adelya! Men sizning xatingiz bilan tanishib chiqdim. Bizlarga hat yollab murojaat qilganingiz uchun katta rahmat. Bizning klinikamiz hodimlari va shahsan mening ozim ham sizning yahshi natijaga erishib, homilador bo`lishligingiz uchun chin dildan yordam berishga tayyormiz. > Sizni qiziqtirayotgan savolga kelsak, embionlarni bachadonga o`tkazish prosedurasi (embriotransfera) uzoq davom etmaydigan` deyarli og`riqsiz prosedura bo`lib, narkozsiz bajariladi. Bunda embrion plastmmassadan tayyorlangan ingichka kateter orqali bachadon bo`shlig`iga asta-sekin ehtiyotlik bilan yuboriladi. Yuborilgandan so`ng bir necha kun ichida embrionlar bachadon shilliq qavatiga yopishadi ,yani implantasiyalanadi (medisina tili bilan aytganda). Yuborilgan embrionlardan (ko`pi bilan 3 ta embrion yuboriladi) 1 tasi yoki bir nechtasi bachadon shilliq qavatiga yopishib rivojlanishi mumkin. > Proseduradan keyin embrionlar bachadon bo`shlig`idan oqib chiqib ketaolmaydi. Embrionlar bachadon bo`shlig`iga yuborilgandan keyin 1 soat o`rinda yotib dam olish kerak ,2-3 kun esa yarim yotoq rejimiga rioya qilish kerak bo`ladi.2 haftacha og`ir ishlarni qilmaslik, engil uy yumushlari bilan shugullanish, siqilmaslik (stress) kerak. Shuningdek, sportning aktiv turlari bilan shug`ullanmaslik, jinsiy aloqa qilmaslik, qaynoq vanna va dush qabul qilmaslik, saunalarga bormaslik, owqozon-ichakbuzilishiga va qabziyatga yo`l qo`ymaslik, infeksiyalardan saqlanish va shamollamaslik kerak bo`ladi. > Suni esdan chiqarmaslik kerakki, xomiladorlik yahshi rivojlanishi uchun oqsil, vitamin va mikroelementlarga boy oziq moddalarni qabul qilish, toza havoda ko`p sayr qilish, organizmni toliqtirmasdan tiniqib uhlash lozim. > Embrionlar bachadon bo`shlig`iga yuborilgandan keyin juda oz miqdorda surkalib qon aralash ajralmalar kelishi mumkin. Bundan qo`rqib havotirga tushmaslik kerak. Ba`zan homiladorlik testi natijasi ijobiy bo`lgan hollarda ham qon aralash ajralmalar kelishi mumkin. Ozingizda kechayotgan barcha ozgarishlardan davolovchi shifokorni habardor qilib turishingiz kerakBu o`zgarishlarning hammasi juda ham muhim ahamiyatga ega. EKO klinikasi shifokori buyurgan barcha muolajalarni, dori moddalarini qabul qilishni qat`iy bajarishingiz lozim. Boshqa muassasa shifokorlarining gapiga kirib biron-bir boshqa dori moddalarini qabul qilmaslik kerak. Proseduradan so`ng 2 haftadan keyin homiladorlikka test qilib ko`rganlaringiz ma`qul. Ba` zan shunday hollar ham bo`lganki, 2 haftalardan keyin test salbiy natija berib, keyinchalik yana test qilib ko`rilganda ijobiy natija olingan. Shuning uchun test ijobiy natija berdi deb dori moddalarni qabul qilmay qoymaslik kerak. Dori moddalarini birdaniga qabul qilmay qoyishlik homilaning tushib ketishiga olib keladi. Shuning uchun barcha davo muolajalarini davolovchi shifokor bilan maslahatlashgan holda olib borgan ma`qul. > Sizlarga niyatlaringizga etishingizda omad tilayman! Hurmat va ehtirom bilan professor Choy. > >
253번 게시글의 이전글, 다음글
Prev. Tuslamj hvsie Erdene
Next. Embrionlar bachadonga yuborilgandan keyin yaxshi natijaga erishiwshuchun ... Adelya.
Top이동