Avvalambor sizlarga meni hurmat bilan kutib olganlaringiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Professor Choyga meni Koreyaga taklif qilganliklari uchun katta rahmat. Shuni aytib o`tmoqchimanki, sizlarning kollektivingiz judayam inoq, mehribon, mehmondo`st, rahbaringiz esa juda aqlli inson. Men avvaldan bilardim, eshitgandim, koreys halqi judayam mehmondo`st va mehnatkashligini. Koreys medicinasi esa, amerika medicinasining yo`lidan ketib, hozirgi kunga kelib undan o`tib ketganligini ham eshitgandim. Bu erga kelib bunga yana bir bor iqror bo`ldim. Professor Choy va uning kollektivi judayam foydali ishni bajarmoqdalar, ya`ni farzandsiz oilalarga baht ulashmoqdalar. Buni mo`jiza desa bo`ladi. Natijalar Evropa mamlakatlaridagi klinikalarnikidan ancha yuqori. Men Yemenga borib, Koreya to`g`risida, koreya medicinasining yutuqlari to`g`risida g`ururlanib gapirib beraman. Creation & Love Women`s Hospitalini Yemendagi befarzand oilalarga, muammolarini hal qilishlari uchun tavsiya qilaman. Kelajakda bu klinika bilan yaqindan hamkorlikda bo`lish niyatidaman. Ollohdan sizlarga kuch-quvvat, sog`lik-salomatlik tilayman. Yana bir bor barchalaringizga rahmat! Hurmat va ehtirom ila Yemenlik doktor Sherif (Musurmon Choriev).
|