Вопросы

230번 게시글
Adolat
Writer : CLWHivf     Date : 2013-11-15     Clicks : 8590
Assalomu aleykum, Adolat! Miomektomiya jarrohligidan 1 yildan keyin, homilador bolib, tug`ish mumkin. Bachadonda jarrohlikdan keyingi chandiq bolganligi tufayli, homiladorlik va tug`riq davrlari bir oz og`irroq kechadi. Shuning uchun miomektomiya jarrohligi o`tkazilgan ayollar homiladorlik davrida va tug`ish jarayonida jarrohlikdan keyingi chandiq holati kuzatilgan holda olib boriladi. Tug`ruq jarayoni bowlaniwidan oldin tug`ruqhonaga yotkazilib, jarrohlikdan keyingi chandiq holatiga qarab, tug`ruqni qanday yol bilan olib borilishini tog`ri hal qilgan holda, tug`ruq olib borilishi lozim. ЭКОga kelsak, ko`pchilik ayollarda miomektomiya jarrohligi o`tkazilgandan keyin, ЭКО muolajasi yordamida homilador bo`lib, farzandli bo`lganlar mening ish faoliyatim davrida juda ko`p uchraganlar. Tabiiy yol bilan homilador bo`lishdan, ЭКОning afzalligi shundaki, ЭКОda bachadon ichiga 1 ta emas 3 ta embrion yuboriladi. Shu yuborilgan 3 ta embriondan, biri bolmasa biri bachadon shilliq qavatiga yopishadi va homiladorlik rivojlanadi. Tabiiy yo`l bilan esa faqatgina 1 ta tuhum hujayra urug`lanadi. Shuning uchun, sizning holatingizda, men ЭКОni tavsiya qilaman. Miomektomiya jarrohligi otkazilganligi ЭКО muolajasi o`tkazilgandan keyin, homiladorlik rivojlanishiga va homiladorlikni saq`lab qolinishiga hech qanday ta`sir ko`rsatmaydi. Siz be`malol ЭКО muolajasi orqali homilador bo`lishingiz mumkin. Sizda yana biron-bir savollar tug`ilsa qo`limdan kelgancha javob berishga tayyorman. Orzuyingiz ushalishiga tilakdoshman. Xayr. Sog`-salomat bo`ling! Hurmat bilan, professor Choy.
230번 게시글의 이전글, 다음글
Prev. София София
Next. Zilola Zilola
Top이동