Вопросы

237번 게시글
ЭКОga kelish uchun qanday tayyorlanish kerak?
Writer : CLWHivf     Date : 2013-11-19     Clicks : 6830
Assalomu alaykum Adolat! Sizning hatingiz bilan tanishib chiqdik. Bizning klinikamizga murojaat qilganingiz uchun judayam hursand bo`ldik. O`rinli, juda tog`ri savol bergansiz. ЭКО procedurasidan oldin tayyorlanib kelish proceduraning muvafaqqiyatli o`tishiga juda katta yordam beradi. Buning uchun avvalambor turmush o`rtog`ingiz bilan birgalikda, ba`zi bir infekciyalarga qon topshirib, tekshiruvdan o`tishingiz lozim. Bu infekciyalarga: citomegalovirus,qizilcha, gerpes,ureoplazmoz,xlamidioz va boshqalar kiradi. Bu infekciyalardan biron-biri aniqlansa, davolanish kursi qabul qilinadi. Bu infeksiyalar homilaning rivojlanishiga yomon ta`sir ko`rsatadi va homilaning tushishiga olib keladi. Ko`pincha bepushtlikka gormonal buzilishlar sabab bo`ladi.Shuning uchun, bu gormonal buzilishlarni ЭКОdan avval aniqlab, davolansa proceduraning muvafaqqiyatli o`tishiga katta yordam bo`ladi. Ko`pincha gormonlarga xayz ciklining 1 kunidan 5 kunigacha qon olib tekshiriladi. Turmush o`rtog`ingiz androlog shifokorida spermogramma analizi topshirib, o`zgarishlar topilsa, davolanib kelishi kerak bo`ladi. Spermani topshirishdan oldin 3-5 kun jinsiy aloqadan saqlanishi, spirtli ichimlilar qabul qilmasligi, ta`maki chekmasligi, qaynoq dush va vannalar qabul qilmasligi kerak bo`ladi. Organizmni homiladorlikka tayyorlash uchun ayol sog`lom turmush tarziga rioya qilishi lozim. Bitaminlarga, mikroelementlarga va oqsillarga boy oziq moddalarni ko`proq, aksincha yog` va uglevod saqlovchi ozjq-moddalarni juda oz miqdorda qabul qilish kerak. Dori moddalaridan vitaminlar,vitamin E,foliy kislotasi,kaliy yodidlarni qabul qilish kerak. Chekish, spirtli ichimliklarni qabul qilishni cheklab, ertalabki badan tarbiya bilan shug`ullanish lozim. Sharoit bo`lsa suzish, yugurish, tennis kabi sport turlari bilan shug`ullanish nur ustiga a`lo nur bo`lardi. Men sizlarga niyatlaringiz amalga oshishida omad tilayman! Farzandlik bo`lishlaringiz uchun qo`limdan kelgan bar`cha yordamimni ayamayman. Hayr. Hurmat va ehtirom bilan professor Choy.
237번 게시글의 이전글, 다음글
Prev. lkhagvaa lkhagvaa
Next. tseegii tewelmaa
Top이동