Assalomu aleykum, Shahlo Abduqodirova! Bizga murojaat qilganingiz uchun katta rahmat! Sizni qiziqtirayotgan savollarga men har doim javob berishga tayyorman. EKO procedurasidan keyin tug`ilgan bolalar, tabiiy yo`l bilan tug`ilgan bolalardan hech qanday farq qilmaydilar. Shunday ekan, EKOdan keyin kasalmand bolalar tug`ilishi, tabiiy yo`l bilan urug`lanib, tug`ilgan bolalar bilan bir hilda uchraydi. Tabiiy yo`l bilan urug`lanib homilador bo`lgandagiga nisbatan, EKOda egizaklar ko`p tug`iladi. Bunga sabab bachadon bo`shlig`iga bir vaqtning o`zida 2-3 ta embrionlarning yuborilishidir. EKOda 50% - 2 ta homilalik , 2% - 3 ta homilalik kuzatiladi. Bizning klinikamizda bachadon bo`shlig`iga ko`pi bilan 3 ta embrion yuboriladi. Men sizlarga niyatlaringiz amalga oshishi uchun qo`limdan kelgan barcha yordamimni ayamayman. Etiboringiz uchun rahmat! Hurmat va ehtirom bilan professor Choy!
|