Thank you CLWH

1088번 게시글
O`zbekiston, Toshkent, "IMC" medicina markazi direktori Durdona Kamalovadan minnatdorchilik!!!
Date : 2014-02-17     Clicks : 8377
20140214_132537.jpg

20140120_163448.jpg

19(1).jpg

Professor Choy va kasbdoshlarim! Men sizlarga yuragimning tubidan joy olgan iliq va juda muhim so`zlarimni aytib o`tmoqchiman. Bir oy davomida men sizlar bilan birgalikda ishladim, o`qib o`rgandim va yashadim. Meni qo`llab-quvvatlagan, menga yaqindan yordam bergan, menga bilimimni va mohoratimni yanada oshirib mustahkamlashimda o`z bilimlarini ayamasdan o`rgatgan kasbdoshlarimga o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Avvalambor professor Choyga o`z ishining mohir mutaxassislari bo`lmish kollektiv hodimlarini to`plab, zamonaviy, yuqori texnologiyaga, yuqori natijalarga ega ajoyib klinika yaratganliklari uchun rahmat. Chet ellik shifokorlarga teoretik, praktik trening yaratib berganliklari, bu trening esa chet ellik shifokorlarning bilimlari va mutaxassislik mahoratlarining yanada oshishiga, yangi-yangi yutuqlarga erishishlariga juda katta yordam beradi. Men o`ylaymanki, bu trening bizning keyinchalik hamkorlikda ishlashimizga turtki bo`ladi. Fursatdan foydalanib, shuni ta`kidlab o`tmoqchimanki, bu klinikada o`z ishining mohir mutahassislari, a`lo toifadagi shifokorlar bemorlarga yaqindan yordam beradilar. Jarrohlik bo`limi, laboratoriya, EKO bo`limi hodimlari va barcha hamshiralarga o`z rahmatim va minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Shuningdek, o`zbekistonlik shifokor Fayziyeva Validaga (hozirda shu klinika hodimi) musofirchiligimni his qilmasligimda menga yaqindan yordam berganligi uchun o`z rahmatimni aytmoqchiman. Men bir oygina bo`lsada, sizlarning ajoyib kollektivingiz bilan birgalikda ishlaganimdan judayam bahtliman va hursandman. Barchalaringizga rahmat! O`zbekiston, Toshknt, "IMC` medicina markazi direktori, M.F.N. Durdona Kamalova.
Attachments No Attachments
1088번 게시글의 이전글, 다음글
Prev. Devonovlar oilasidan minnatdorchilik!!!!
Next. Tadjibaevlarning minnatdorchiligi.
Top이동