Thank you CLWH

1098번 게시글
O`zbekistonning Guliston shahridan alangali salom!
Date : 2014-03-05     Clicks : 7361
IMG-20140106-WA0013.jpg

Assalomu alaykum azizim professor Choy! Biz O`zbekistonlik Zumradxon va Saidumarxo`ja Saidkarimxo`jaevalarmiz. Erkatoyimiz, yakkayu-yolg`iz farzandimiz Yulduzxon 2 yoshga to`ldi. Barcha mashaqqatlarimiz ortda qolganligi rost bo`lsin! Qizalog`imizni qarang tabiiy yo`l bilan urug`lanib tug`ilgan bolalardan hech ham farq qilmaydi. Tog`risini aytsam boshida ikkilangan edim, sun`iy urug`lantirish yo`li bilan tug`ilgan bolalar sog`lom bo`larmikin deb o`ylagandim. Adashgan ekanman. Qizalog`imiz soppa-sog`, o`zining tengqurlariga nisbatan bo`yi ham baland va qobiliyatli. Bog`chapasining aytishiga qaraganda gruhdagi boshqa bolalarga nisbatan o`rgatgan narsalarini tezda ilib olarkan. Bularning barchasi uchun sizga rahmat. Ikkinchi farzandli bolish uchun yana klinikangizga bormoqchimiz. Nasib bo`lsa Yulduzxonni ham birga olib bormoqchimiz. Tez orada ko`rishguncha qadrdonimiz professor Choy. Hurmat va ehtirom ila O`zbekistonning Guliston shahridan Saidkarimxo`jaevlar.
Attachments No Attachments
1098번 게시글의 이전글, 다음글
Prev. Благодарственное письмо
Next. Спасибо доктор Чой за наших деток ! ! !
Top이동